Patsimon to`p bulut
Patsimon to`p bulut— bulutlarning xalqaro klassifikatsiyasidagi o`n xil bulutning biri — Cirrocuraulus (Ss). Uzun-uzun cho`zilgan yupqa qatlamli bulut. Odatda juda mayda pag`a-pag`a bulutlardan iborat bo`ladi. Muz kristallchalaridan iborat bo`lib, troposferaning yuqori qismida past haroratda vujudga keladi. Patsimon to`p bulutlar havo tik ko`tarilganda va siklonlarning salqin frontida paydo bo`ladi.