Suvli qatlam

Suvli qatlam — Yer po`stining tog` jinsi parchalari orasidagi bo`shliqlarda, yoriqlarda og`irlik kuchi yoki gidrostatik bosim ta’sirida siljib yuradigan suvlar mavjud bo`lgan qatlami. Suvli qatlam yer yuziga chiqqan joylarda buloqlar chiqadi, yer yuzida bo`lsa, botqoqlik zahob, sho`rxok vujudga keladi.