Rekultivatsiya

Rekultivatsiya (lotincha re- qaytadan, yangitdan, lotincha kultivo — ekib obod qilaman) — kishilar faoliyati (konlar qazish, gidroinshootlar qurish, o`rmonlarni kesish, shaharlar bunyod etish va b.) natijasida ekin bitmaydigan bo`lib qolgan yerlarning unumdorligini tiklash.