Paleozoy erasi, paleozoy
Paleozoy erasi, paleozoy (yunoncha paleos — qadimgi, zov — hayot) — yer geologik tarixining uchinchi erasi va bu erada paydo bo`lgan tog` jinslari. Bundan 570 mln. yil oldin boshlanib, 330 mln. yil davom etgan. Paleozoy erasi 6 davrga bo`linadi: Kembriy, Ordovik, Silur, Devon, Toshko`mir va Perm davrlari.