ALBIT

ALBIT (lotincha albus — oq) — plagioklazlar guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy formulasi— Na [AlSi3OJ. Qattiqligi 6-6,5. Sof og’irligi 2,6. Rangi oq, bo’z-sariq pushtiroq; kristall donalari mayda. Shishaga o’xshash yaltiroq. Albit asosan ishqorli jinslar (ishqorli granit, ishqorli sienit va boshqalar) tarkibida bo’ladi. Rossiya Federatsiyasi (Kareliya, Kola yarim oroli, Ural), Ukraina (Ukraina qalqoni, Azov bo’yi) da keng tarqalgan. Keramika sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi.