ALVEOLALAR

ALVEOLALAR (lotincha alveolus — o’yiq, pufakcha, xaltacha) — 1) oddiy va murakkab bezlarning shira (sekret) ajratuvchi pufakchalari — alveolyar bezlarning oxirgi qismlari. Bezlardagi Alveolalarda shiralar yig’ilganda bakalga o’xshasa, shiralari chiqqandan so’ng naysimon shaklda bo’ladi. O’pka bronxlarining oxirgi qismi ham Alveolalar deb ataladi. Ular nafas olganda kengayib, nafas chiqarganda torayib havo almashinuvini ta’minlaydi. Bronx Alveolalari pufakchaga o’xshab, devorlari epiteliy hujayralaridan iborat. Alveolalarni tashqi tomondan o’rab olgan qilsimon qon tomirlar nafas olganda kislorodni so’radi. Nafas chiqarganda ishlangan gaz aksincha Alveolalarga o’tadi; 2) jag’suyaklarining tishlar joylashadigan o’yiqchasi.