ALTERNATIV

ALTERNATIV (fr. alternative, lot. alter – ikkitadan biri) — muqobil so’zi, birbirini istisno etuvchi imkoniyatlar xilma-xilligini, ulardan birini tanlash zarurligini bildiruvchi tushuncha. Alternativga tabiiy bir holat sifatida qarash kerak. Alternativ bo’lmagan joyda yagona g’oya va subyektiv fikrga erk beriladi. Tanlash imkoniyati mavjud bo’lmaydi. Bunday holat siyosiy tafakkur rivojiga, umuman taraqqiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun, Alternativ erkinlik va demokratiyaning eng muhim tamoyillaridandir.