APATRIDIZM
APATRIDIZM (yun. vatanni inkor etish) — hech qanday fuqarolikka ega bo’lmagan shaxsning huquqiy holati. U biror shaxs biror davlat fuqaroligidan voz kechishi yoki mahrum qilinishi va ayni damda boshqa davlat fuqaroligiga ega bo’lmagan vaqtda ro’y beradi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar yoki apatridlar turgan mamlakatlari qonunlarga bo’ysunadilar va biror boshqa davlat diplomatik himoyasiga da‘vo qilolmaydi. Apatridizm hodisasi odatdan tashqari hol deb qaraladi va davlatlar, odatda, fuqaroligi yo’q shaxslar sonini kamaytirishga intiladilar. Apatridizm haqida xalqaro konvensiyalar mavjud: 1961-yilgi apatridlar maqomi haqidagi konvensiya.