AXBOROT JAMIYATI KONSEPSIYASI

AXBOROT JAMIYATI KONSEPSIYASI — industrial va postindustrial jamiyat nazariyalarining davomi. Unga ko’ra ijtimoiy tizimlarni o’zgartirishning yangi omili sifatida informatika, kompyuterlar va elektronika chiqadi va ular negizida yangi sinflar va millatlardan yuqori ijtimoiy guruhlar (uyushmalar) vujudga keladi, ijtimoiy rivojlanish mexanizmlari o‗zgaradi. Nazariyotchilari O.Tofler, J.Neysbit, E.Masuda va boshqalar. «Axborot jamiyati»da insonning barcha muammolari axborotdan global foydalanish hisobiga hal qilinadi.