AVTORITARIZM

AVTORITARIZM (lot. auctoritas – hokimiyat) — antidemokratik siyosiy rejim. Davlatni idora qilish usuli. Avtoritarizmda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat (siyosiy) hokimiyati asosiy vazifalarining bir guruh shaxslar yoki bir shaxs qo’lida to‗planishi. Avtoritarizmda vakillik organlari ham mavjud bo’ladi, referendumlar, xalq muhokamalari va x.k. o’tkazilishi mumkin. Avtoritarizmning mohiyati qo’llaniladigan uslublari: jamiyatga muayyan mafkurani majburan qabul qildirishda, demokratik erkinliklarni cheklashda, bir qator konstitutsiyaviy institutlarning bekor qilinishi yoki nomigagina mavjud bo’lishida, ma‘muriy organlarning jamoat tashkilotlari ustidan nazorat qilishida, muxolifatning yo’qligi yoxud, agar unga yo’l qo’yilsa ham, uning faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari juda cheklanganligida, ommaviy axborot vositalariga nisbatan qattiq nazorat o’rnatilishida, fuqarolar har tomonlama nazoratda bo’lishi singarilarda namoyon bo’ladi.