BUYUK DAVLATLAR
BUYUK DAVLATLAR — Vena kongresidan (1814-1815) buyon siyosiy lug’atda, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqda yetakchi rol o’ynaydigan davlatlarni ko’rsatish uchun qabul qilingan. Termin. Ikkinchi jahon urushidan keyin BMT tashkil etilgach, uning ustaviga muvofiq Xavfsizlik kengashining doimiy a‘zolari (Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy Fransiya) Buyuk davlatlar yuridik maqomiga ega. Buyuk davlatlar hozirgi kunda jahon taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsata oladigan, ammo xalqaro munosabatlarda hukumronlik qilish darajasiga ko’tarila olmaydigan Ularning real imkoniyatlari ma’lum hudud, alohida olingan birorta soha yoki davlatlararo munosabatlardan chetga chiqib ketishga yo’l qo’ymaydi. Umumbashariy global miqyosdagi masalalarni hal etish ularga bog’liq emas. Bunday davlatlar ma’lum hududlardagi ―kuchlar markazi rolini o’tashi mumkin (hozirgi Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy va h.k.);