DUALISTIK MONARXIYA

DUALISTIK MONARXIYA — mutloq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga o’tish shakli. Konstitutsion monarxiya ko’rinishi sifatida qaraladi. Jumladan unda monarx asosan ijro hokimiyati va qisman qonunchilik hokimiyati egasi hisoblanadi. Masalan, Marokash, Quvayt, Iordaniya mamlakatlari.