DINIY TERRORIZM

DINIY TERRORIZM — hozirgi zamon terrorizmining keng tarqalgan ko’rinishlaridan biri bo’lib, u yoki bu diniy aqidalardan foydalangan holda muayyan siyosiy maqsadlarni ko’zlaydi. Siyosat dunyosini o’z tamoyillari asosida qayta qurishni, odamlar ongiga ta‘sir etishni diniy aqida va qadriyatlar negizida amalgam oshirishni istovchi diniy-terroristik guruhlar hokimiyat uchun kurashish, millatlararo janjallar va har xil siyosiy mojarolarni keltirib chiqarishda dindan siyosiy qurol sifatida foydalanishga harakat qiladilar. Masalan, 2015-yil 13-noyabr kuni ISHID jangarilari tomonidan Parij shahrida sodir etilgan terror aktida yuzlab odamlar halok bo’ldi. Terrorchilik tashkilotlarining asosiy siyosiy maqsadlari o’zlari faoliyat olib borayotgan joydagi hukumatga qarshi kurashish, o’z siyosiy maqsadlariga erishish yo’lida barcha vositalardan foydalanish, o’z davlatini tuzish uchun kurash olib borishdan iborat. Aksar terrorchilik tashkilotlari o’z maqsadlariga yetishish yo’lida dindan niqob sifatida foydalanishadi. Ularning faoliyati diniy ekstremizm mohiyatini ochib beradi.