DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI

DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI — davlat organlari jamiyat siyosiy hayotining barqarorligi va tartibini ta‘minlash imkonini beruvchi usullar, vositalar, mexanizmlar birligi. Davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishi davlat hokimiyatining bo’linishi hamda markaz va mintaqalar manfaatlarining birligi va o’ziga xosligi tamoyillariga asoslanadi. Davlat rivojlanishning umummilliy ustuvor yo’nalishlarini, ichki va tashqi siyosat tamoyillarini, mahalliy davlat organlari vakolatlarini hamda o’z-o’ zini boshqaruv organlari faoliyati chegaralarini belgilab beradi.