DAVLAT HOKIMIYATI

DAVLAT HOKIMIYATI — ijtimoiy-siyosiy hokimiyat shakli va jamiyat siyosiy tizimining asosiy muassasasi bo’lib, jamiyatni boshqarish, fuqarolarning totuvligi hamda davlatning bir butunligini ta‘minlaydi. U maxsus kuch ishlatish apparatiga tayanadi va butun aholini qamraydi. Siyosiy hokimiyatning oliy ko’rinishi. Belgilari: 1) ham tashkilot, ham shu tashkilot maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha faoliyat; 2) maxsus boshqaruv va zo’rlik apparatining mavjudligi. U butun aholi rioya qilishi shart bo’lgan qonunlar chiqarishning mutlaq huquqiga ega va shu qonun va ko’rsatmalar bajarilishini ta‘minlash vositasidan biri sifatida maxsus bo’ysundirish apparatiga suyanadi.