ALYUMINIY OKSID
ALYUMINIY OKSID (giltuproq), A12O3 — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 2050°, suvda erimaydi. Alyuminiy oksid amfoter oksiddir, kontsentrlangan kislotalarda erib, alyuminiy tuzlarini, ishqorlarda erib, alyuminat kislota tuzlari — alyuminatlarni hosil qiladi. A12O3 ning har xil tarkibli gidratlangan (suvli) shakllari ma’lum. Alyuminiy gidroksidga gidrargilit (gibbsit) A1(on)3 va sun’iy yo’l bilan olinadigan bayerit kiradi. Alyuminiy oksid alyuminiy olishda ishlatiladi, Alyuminiy oksidning o’zi esa boksit, nefelin va kaolindan olinadi. Tabiatda Alyuminiy oksid kristallari korund, yoqut va sapfir hollarida uchraydi; korund nihoyatda qattiq bo’lganidan qayroqtosh va jilvir sifatida, yoqut va sapfir zargarlikda ishlatiladi. Alyuminiy oksiddan o’tga chidamli material va buyumlar tayyorlashda ham foydalaniladi.