DAVLAT ZAYOMLARI

DAVLAT ZAYOMLARI — budjeti pul to’plash maqsadida davlat nomidan sotish uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz. Qarzni qoplash muddatlariga ko’ra qisqa muddatli (1 yil), o’rta muddatli (2-5 yil) va uzoq muddatli (5 va undan ko‘p yillik) Davlat zayomlari bo’ladi. Daromadliligiga qarab foizli va yutuqli, tarqatilish joyiga qarab mamlakatning ichki va xorijiy davlatlarga kredit tarzida beriladigan tashqi zayomlar mavjud.