DEMARSH

DEMARSH (fr. demarche – chiqish) — bir davlat hukumati, tashqi ishlar mahkamasi yoki diplomatik vakilining biron-bir masala bo’yicha boshqa davlatga noroziligi, iltimosi, taklifi yoki ogohlantirishi. Nota, ultimatum, memorandum, bayonet va boshqalarda izhor etilishi, diplomatik vakilni chaqirib olishda namoyon bo’lishi mumkin. Hozirda xalqaro huquq normalariga muvofiq kuch bilan tahdid qilish Demarsh mazmuni bo’lolmaydi. Demarsh kelib chiqqan xalqaro qarama-qarshilikning yechimi me‘yori diplomatik ish ketma-ketligida topilmagandagina qo’llaniladi.