DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI

DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI — deputatlarning o’zaro kelishuv asosida tashkil topgan birlashmalari. Deputatlar siyosiy qarashlari, kasbi, qiziqishlari bo’yicha rasmiy fraksiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin. O’zbekistan Respublikasida Deputatlarning fraksiyalari, bloklari va guruhlari faoliyati «O’zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida»gi qonunda va «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti»da belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida ro’yxatga olingan 4 ta fraksiya (O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraksiyalari) va 2 ta blok (O’zLiDeP, Milliy tiklanish DP, Adolat SDPlaridan iborat demokratik blok va o’zini muxolifat deb e‘lon qilgan XDP) bor.