EVAKUATSIYA

EVAKUATSIYA (lot. evacuatio – bo’shataman, uzoqlashish) — 1) jangovar harakatlar bo’layotgan yerlardan yarador, bemor, asirlar, shuningdek, ta‘mirga muhtoj va ortiqcha asbob-uskunalar, harbiy o’ljalar va boshqalar moddiy vositalarni front ortiga jo’natish; 2) harbiy va siyosiy sabablar, shuningdek, tuzilgan shartnoma va bitimlar asosida qo’shinlarni ilgari egallab turgan hududlardan olib chiqib ketish; 3) dushman hujumi xavfi ostida qolgan yoxud tabiiy ofat (suv toshqini va boshqalar) ga uchragan joylardan fuqarolar, korxonalar, idoralar, badiiy va boshqalar qadriyatlar, mulklarni olib chiqish.