EKOLOGIK HALOKAT

EKOLOGIK HALOKAT — ma‘lum bir mintaqa miqyoslarida, atrof-muhitda kuchli noqulay o’zgarishlarga, og’ir iqtisodiy oqibatlarga, aholi va tirik mavjudotlarning ommaviy qirilishiga olib keluvchi tabiiy yoki antropogen xarakterdagi tabiat anomaliyasi. Tabiiy xarakterdagi tabiiy anomaliyaga uzoq vaqt davom etgan qurg’oqchilik, jonivorlarning ommaviy qirilishi va boshqalar, antropogenga esa atom elektr stansiyalaridagi avariya, tanker halokati kabilar kirishi mumkin. Yuqorida keltirib o’tilganidek, Orol muammosi ham ekologik halokatning bir turidir.