ALYUMINIY-ORGANIK BIRIKMALAR

ALYUMINIY-ORGANIK BIRIKMALAR — alyuminiyning uglevodorod qoldig’i bilan bevosita bog’lanishidan hosil bo’lgan metallorganik birikmalar. Alyuminiy-organik birikmalarda alyuminiy bir, ikki yoki uchta uglevodorod qoldig’i bilan bog’langan bo’lishi mumkin (RA1C12, R2A1C1, R3A1). Alyuminiy uchalkillar — rangsiz, kislorod va namlikka o’ta sezgir suyuqlikdir. Alyuminiyuchmetil va uchetillar havoda o’z-o’zidan yonish, suvda portlash xususiyatiga ega. Alyuminiy-organik birikmalar alyuminiy-magniy qotishmasiga galloiduglevodorodlarni, simob-organik birikmalarga alyuminiy ta’sir etttirish va boshqa yo’llar bilan olinadi. Alyuminiy-organik birikmalar sanoatda olefinlarni past bosimda polimerlashda katalizator sifatida va sof alyuminiy olishda qo’llaniladi. Har xil reaktsiyalarga kirishish xususiyati kuchli bo’lgani sababli Alyuminiy-organik birikmalar to’yinmagan uglevodorodlardan spirt ishlab chiqarishda, organik kislotalar olishda, kimyoviy elementlarning organik birikmalarini hosil qilishda ham ishlatiladi.