FAOLIYAT
FAOLIYAT — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning o’zini o’zi maqsadga muvofiq tarzda o’zgartirish usuli, inson borlig’ining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat Faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon bo’lishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi ta‘minlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Faoliyat shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy Faoliyat.
O‘xshash so‘zlar
- FAOLIYAT
- FAOLIYAT
- Faoliyat
- FAOLIYATIY YONDOSHUV
- FAOLIYATNING NATIJASI
- Faoliyat parametrlari
- FAOLIYAT TIZIMLI XARITASI
- Faoliyat mahsulini o’rganish metodi





