ALYASKA TIZMASI

ALYASKA TIZMASI — Alyaska jandagi tog’ tizmasi. Uzunligi 1000 kilometr, eng baland cho’qqisi Mak-Kinli (6193 metr). O’q qismi granitlardan, chekkalari cho’kindi jinslardan tashkil topgan. Yon bag’irlari tik, qoyali, kuchli parchalangan. Alyaska tizmasi Tinch okeandan keladigan nam shamollarni tutib qoladi. Janubiy yon bag’irlari namgarchil, 800 metr balandlikkacha qora qarag’ay o’rmonlari, undan yuqorisi qor va muzlar bilan qoplangan. Shimoliy yon bag’irlari qurg’oqchil, 1000— 1100 metrgacha o’rmon, undan balandda tog’ tundralari bor.