ELAT

ELAT — kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdt oldingi birligi. Elat qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning ko’rinishidir. Elatning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo’lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma‘lum bir bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birliknpng yangi turi vujudga keladi. Bu Elat deyilib, ma‘lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi.