EVDEMONIZM
EVDEMONIZM (yun. evdaimonia – baxt saodat, roxat-farog’at) — baxt saodat, roxat farog’atni kishilar hayotining oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yo’nalish. Evdemonizm baxt saodatni jismoniy va ma‘naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma‘noda, barcha jismoniy va ma‘naviy (ko’pincha fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Uningcha, o’z shaxsida ana shu qadriyatlarni mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt saodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat farog’at baxsh etadi. Demokrit, Epikur, Farobiy, Ibn Sino, L.Feyrbax evdemonizmning yorqin namoyondalaridir.