FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI — fuqarolik jamiyatini shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo’lib, bu bevosita jamiyatda fuqarolik jamiyati institutlarining nechog’li rivojlanganligiga bog’liq bo’ladi. Fuqarolik jamiyati institutlari orqali fuqarolar davlat va jamiyat siyosiy hayotida bevosita ishtirok etadilar. Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlari sirasiga nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ijimoiy harakatlar va boshqa jamoat birlashmalari, OAVlari, mahalla, oila kabilar kiradi.