AL-HUMRO SAROYI
AL-HUMRO SAROYI (Arabcha, qizil; qizil saroy) — Ispaniyada arablar hukmronligi davridan qolgan me’moriy yodgorlik (Granada viloyati, 13— 14-asrlar). Algamra nomi bilan mashhur. Al-hurmo saroyida turar joy, mehmonxona, masjid, Haram, hammom va hokazolar bor. Saroy Granada shahri chetidagi baland tepaga qurilgan. Uning devorlari qizil toshlardan ishlangan. Al-hurmo saroyining 2 hovlisi bo’lib, biri (mirta)da hashamatli xonalar, katta hovuz va kalta ustunli ravoqlar bor. Saroyning yana bir qismida tojxona qad ko’targan. Ikkinchisi «sherlar hovlisi» bo’lib, unda uy-joy binolari, o’rtada o’n ikki sher haykalli favvora bor. Saroy me’morligida amaliy bezak san’ati katta o’rin olgan. Al-hurmo saroyi suv o’tkazgich quvur bilan ta’minlangan.