IQTISODIYOT
IQTISODIYOT — kishilar tomonidan mehnatni qo’llagan holda inson uchun zaruriy bo’lgan ne‘matlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni ta‘minlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xo’jalik, vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste‘mol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi.