AMARAVATI

AMARAVATI — Hindistondagi shahar, Maharashtra shtatining shimoliy- sharqida. Aholisi 434 ming kishi (1991). Paxtachilik rayonnining savdo markazi. Paxta tozalash, yog’ zavodlari, Amaravatining yo’ldosh shahri Badnerada ip gazlama korxonasi bor. Hindistonda qadimda eng katta memorial inshoot hisoblangan stupaning qoldiklari saqlangan (dastlabki binosi miloddan avvalgi 2-asrda qurilgan). Amaravatida ishlangan relyeflar mashhur.

AMARAVATI — Hindistonning Maharashtra shtati (Krishna daryosining Janubiy qirg’og’i) dagi yirik me’moriy yodgorliklaridan biri (miloddan avvalgi 2-asr). Bu binoda toshdan yo’nilgan qadimgi sag’ana ham saqlangan. Bino Budda haqidagi afsonalardan olingan rasmlar bilan bezatilgan. Yodgorlik atrofidagi devorlar singari sag’ana o’rnashgan supa devorlari ham o’yma naqshlar bilan qoplangan. Amarvatining haykal namunalari Madras va Britaniya muzeylarida saqlanmoqda.