GERB

GERB (polyakcha – «herb», nem. «erbe» – «meros» so’zidan olingan) — biron-bir mamlakat yoki hududiing siyosiy va tarixiy xarakterdagi g’oyalari majmuasini, o’ziga xos tabiiy va xo’jalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug’ va boshqalarning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. Gerblar quyidagi tur va toifalarga bo’linadi: davlat Gerblari; shahar, viloyat, gubernya va boshqalarning Gerblari; korporatsiya (o’rta asrlardagi sex, gildiya va birodarlik)larning Gerblari; urug’larning Gerblari. Gerblar rangi, shakllari, rasmlari bilan o’zaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar bilan tavsiflanadi. Gerb antik davrlarda paydo bo’lgan. Shumer davlatining Gerbida sher boshli burgut, Qadimgi Rim davlati Gerbida burgut tasvirlangan. Amir Temir davlatining ham Gerbi bo’lgan. Bu Gerbda 3 halqa tasvir etilgan bo’lib, bu Amir Temurning uch iqlimda, ya‘ni Shimimol, Jananub va G’arbda hukmron ekaniga ishoradir. O’rta asrlarda ko’pgina shaharlar o’z Gerbiga ega bo’lgan. Venetsiya Gerbida qanotli sher tasvir etilgan. G’arbiy Yevropada Gerblar urug’, merosxo’rlik belgilari sifatida salb yurishlari davri (XI-XII asrlar) da yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qog’oz pullar, muhrlar, qog’ozlarda Gerblarning tasviri tushirila boshlandi. Gerb va ularning tarixi bilan geraldika fani shug’ullanadi.