Bovurchi
Bovurchi-o’rta asrlarda O’rta Osiyoda podshoh va xonning xususiy oshpazi. Ovqat tayyorlash paytida bovurchilardan boshqa hech kim podshoh yoki xon oshxonasiga kiritilmagan. Ovqat tayyor bo’lgach, uni dastlab bosh bovurchi va bakovullardan biri, so’ng bakovulboshi totib ko’rishgan va shundan keyingina ovqat oliy hukmdor huzuriga olib kirilgan.