AMIDLANISH
AMIDLANISH — karboksil guruhiga kiradigan gidroksili (—on) ning amin (—NH2) guruhiga almashinishi yo’li bilan kislotalarning amidlari hosil bo’lishi reaktsiyasi. Hayvonlar va odam to’qimalarida ammiakni zararsizlantirishning asosiy yo’li sifatida fiziologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Hayvon organizmida glutamat kislota bilan asparagat kislotaning amidlanib, glutamin va asparagin hosil bo’lishi ko’proq ahamiyatli. Amidlanish murakkab fermentativ jarayon bo’lib, unda adenozinfosfat kislotalar energiyasidan foydalanadi. Asidoz holatlarida moddalar almashinuvidan hosil bo’ladigan kislotali moddalar glutaminaza fermentining ta’sirida glutamindan ammiak ajralib chiqishi tufayli buyrakda neytrallanadi. U organizmda kationlarni asrab qoladigan va shu tariqa qonning ishqor rezervini kamaytirmaydigan himoya mexanizmlaridan biridir.