HOKIMIYATLAR BO’LINISHI
HOKIMIYATLAR BO’LINISHI — davlat nazariyasining asosiy prinsiplaridan biri bo’lib, unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo’ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linadi (ular bilan bir qatorda ba‘zan ta‘sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu prinsipning vazifasi davlat hokimiyati to’laligicha bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to’liq bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishi demokratiyaga inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug’diradi, avtoritar tuzum o’rnatilishiga olib keladi. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi birinchi marta 1787-yil AQSH Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Bu yerda uch hokimiyat nafaqat ajratilgan, balki «o’zaro muvozanat va cheklovlar tizimi» orqali bir-birini nazorat qiladi. Hokimiyatlar bo’linishi – siyosiy hokimiyatning markazlashuviga yo’l qo’ymaslikka, uni cheklash va nazorat etishga qaratilgan tamoyil. G’arbiy Yevropa siyosatchilari va olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amalda qo’llaniladi. U ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlarining bir-biridan mustaqilligi, bir-biriga ta‘sir ko’rsatish mexanizmlarining mavjudligi (veto huquqi, impichment, hukumatning amalda kimga tobeligi va h.k..) hamda nazorat mexanizmlari borligi bilan xarakterlanadi. Hokimiyatlar bo’linishi – Konstitutsiyaviy, huquqiy davlatning bosh belgilaridan biri. Hokimiyatlar bo’linishining Lokk modeli, Monteske modeli, Sun-Yatsen modellari mavjud. Lokk «kelishuvli» modelni asoslaydi. Uning modelida qonunchilik hokimiyati boshqalardan ustun va, shu bilan birga, hokimiyatlar o’rtasida doimiy o’zaro hamkorlik va o’zaro ta‘sir mavjud. Lokk modeli zamonaviy parlament monarxiyalari yoki respublikalarida rivojlantirildi. shaharL.Monteske hokimiyatlar bo’linishi nazariyasining bugungi kunda amal qilayotgan ikkinchi, teng, mustaqil va bir-birini nazorat etuvchi hokimiyatlar modelining muallifidir: hokimiyatlar o’rtasidagi munosabatlar shunday qurilishi kerakki, ular davlat vazifalarini mustaqil hal qilgani holda, har biri o’z huquqiy vositalari bilan bir-birini muvozanatga solishi va biror organ hokimiyatni bir tomonlama egallab olishining oldini ola bilishi lozim. Bugungi kunda bu model AQSH Konstitutsiyasining negizini tashkil etadi. Tarixiy tajriba hokimiyatlar bo’linishi tamoyili izchil va uyg’un holda aynan prezidentlik boshqaruvida namoyon bo’lishi tasdiqlandi. XX asrning boshlarida hitoy siyosiy arbobi Sun Yatsen hokimiyatni uchga emas., mamlakat an‘analaridan kelib chiqqan holda, beshga bo‗lishni taklif etgan. Qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari qatoriga nazorat va imtihon hokimiyatlarini kiritgan. Hokimiyatlar bo’linishi nazariyasining asosiy tamoyillarini qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: hokimiyatning yagona manbai (xalq) mavjudligi; hokimiyatlar bo’linishi Konstitutsiyada belgilab beriladi; har bir hokimiyat tarmog’i o’z faoliyati sohasiga ega va shu tariqa uning faoliyati cheklanadi. Konstitutsiyaga ko’ra qonunchilik, ijro va sud hokimiyati turli odamlarga va turli organlarga topshiriladi; har bir organ boshqa organ faoliyatini tiyib va muvozanatga solib turish mexanizmlariga ega, lekin uning qarorini bekor qila olmaydi; barcha hokimiyatlar mustaqil va biri ikkinchisini hokimiyatdan chetlata olmaydi; hech bir hokimiyat boshqasiga berilgan vakolatlardan foydalana olmaydi; sud siyosiy hokimiyat emas va shu tariqa siyosiy ta‘sirlardan holi – u faqat qonun asosida faoliyat yuritadi. hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi bilan birga va unga qarama-qarshi ravishda yagona davlat hokimiyati nazariyasi ham rivojlangan. Uning mohiyati davlat hokimiyatining yagonaligi, markazlashganligi, bo’linmasligi va qudratliligi tushunchalarida bayon etiladi. Qadimgi Sharq davlatlari – Misr, Fors davlatlari, O’rta asr xristian davlatlari, mualliflardan Makiavelli, Gobbs, nemis huquqshunosi Samuel Puffendorf, Russo, Marks, Lenin, Stalin, fashizm mafkurasida ana shunday davlatchilik g’oyasi mukammal ishlab chiqilgan edi. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi parlamentar davlatlarda kamroq darajada amal qiladi, chunki ularda parlament ijro etuvchi hokimiyat organlaridan ustun turadi. Hokimiyatlar bo’linishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra ―O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linishi prinsipiga asoslanadi. Ushbu prinsip mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga nisbatan qo’llanilmaydi.