IBTIDOIY JAMIYAT
IBTIDOIY JAMIYAT — ibtidoiy odamlarning paydo bo’lishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar bo’lgan davr. Jamoa bo’lib mehnat qilish va jamoa bo’lib iste‘mol qilish Ibtidoiy jamiyatning o’ziga xos xususiyatidir. L. G. Morgan o’z vaqtida Ibtidoiy jamiyatni ikki bosqichga bo’lgan: birinchisini «ibtidoiy urug’chilik jamoasi», ikkinchisini esa «harbiy demokratiya bosqichi» deb ataydi. Tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – ibtidoiy urug’chilik jamoasi hisoblanadi. U urug’ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.