ISLOM OLAMI KONGRESSI

ISLOM OLAMI KONGRESSI (IOK) — musulmon mamlakatlari arboblarini birlashtirgan birinchi xalqaro islom tashkiloti. 1926-yilda Makkada tashkil etilgan. Qarorgohi Pokistondagi Karochi shahrida joylashgan. IOK faoliyatida musulmonlarning har-yilgi haj ziyorati tugagan vaqtda to’planadigan Oliy Kengash rahbarlik qiladi. IOK bir necha ilmiy tekshirish markazlari orqali islom tarixi, aqidalari, falsafasi sohasida tadqiqotlarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Oliy rahbar organi Ta‘sis kengashi bo’lib, unga turli mamlakatdan 60 nafar diniy arbob kiradi. Uyushma qarorlari tavsiya xarakteriga ega, majlisi yiliga 1 marta chaqiriladi. Ta‘sis kengash ishini Bosh kotibiyat muvofiklashtirib, boshqarib turadi. Uyushmaning Saudiya Arabistonining 3 ta shahri – Ar-Riyod, Madina va Jiddada bo’limlari mavjud, yana 13 ta vakolatxonasi bor. Islom olami kongressi nizomiga muvofiq uning bosh maqsadi – islom ta‘limotini dunyoda hukmron ta‘limotga aylantirish va islom aqidalariga asoslangan tuzum o’rnatish. Musulmonlar birligini ta‘minlash, yoshlar masalasi bilan shug’ullanish ham uning oldiga qo’ygan vazifalaridan hisoblanadi.