IJTIMOIY QATLAMLASHISH

IJTIMOIY QATLAMLASHISH — o’zaro bog’liq va pog’onalashuv asosida tashkil topgan, qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi. Ijtimoiy qatlamlashuv – ma‘lumoti, daromadi, maishiy sharoiti, mashg‗uloti, psihologiyasi, diniy e‘tiqodi va h.k. belgilarga ko’ra jamiyatning sinflar, qatlamlarga bo‗linish tizimi hisoblanadi. Ijtimoiy qatlamlashish ijtimoiy tenglik va tengsizlik, jamiyatda mavjud ko’plab ijtimoiy tuzilmalarning hokimiyatga moddiy boyliklar, imtiyozlar, huquqlar, maqomlarga egaligi va yoki ta‘siri turlichaligi bilan ajralib turuvchi munosabatlar tizimi. Bu tushuncha har bir muayyan jamiyatda doimo mavjud bo’lgan va ijtimoiy munosabatlar ta‘sirida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlarini aks ettiradi.