INFOTERRORIZM
INFOTERRORIZM — terakt sodir etishga olib kelishi mumkin bo’lgan ma‘lumotning OAV orqali tarqatilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatning o’z texnik imkoniyatlaridan boshqalarning zarari uchun foydalanishini anglatadi. Misol uchun biron-bir yolg’on xabar ba‘zan butun dunyo davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qilib qo’yadi, millionlab odamlarning ruhiyatini zaharlaydi, ularni yo’ldan adashtiradi. Shu bois, jahon OAV orqali, xususan, ―Internet tarmog’idan tarqatilayotgan xabarlar noxolis berilar ekan, demak, turli zararli oqibatlar ham kelib chiqadi. Bunday zararli axborotlarni ―Axborot terrori‖ deb atash mumkin. Bunday zararli axborotlarni bu ko’rinishi bugungi kunda siyosiy terrorizmning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.