INVESTITSIYA
INVESTITSIYA (lot. investio – o’rash, kiyintirmoq) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qo’yish). Pulning vaqt (zamon)ga bog’liq qiymati nazariyasiga ko’ra, Intervensiya kelajakda naf olish maqsadida mablag’lar qo’yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog’lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki bo’lmasa kapital qiymatini vaqtda o’stirib borishdir.