IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI

IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI (fr. modele – o’lchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. Iqtisodiy taraqqiyot modeli tushunchasi XX asrning 50-yillarida paydo bo’ldi. ayrim olimlar Iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo’li deb hisoblaydi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari shakllangan. Ular orasida Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani, Afrika va postsovet Iqtisodiy taraqqiyot modelilarini ko’rsatish mumkin.