IRQCHILIK

IRQCHILIK — irqiy kamsitish siyosati. Inson irqlarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga qal qiluvchi ta‘siri, odamlarning azaldan oliy va past irqlarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu da‘volarga ko’ra, oliy irq»lar go’yo boshqa irqlar ustidan hukmronlik qilishga da‘vat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irklar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto o’zlashtirishga xam qobiliyatsizdir. Fransuz J. A. Gobino XIX asr o’rtalarida birinchi bor Irqchilik g’oyasini surib, oriylarni «oliy irq» deb e‘lon qiladi. Irqchilik fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga ko’ra majburan ajratish hamda aparteidni oqlashda Irqchilikdan foydalaniladi. Irqchilik sionizm bilan hamohang. Irqchilik xalqaro xamjamiyat tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jumladan, irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. O’zbekiston Respublikasi 1995-yil 31 avgustda mazkur Konvensiyaga qo’shilgan.