O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI — O’zbekiston fuqarolik, jinoiy va ma‘muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi. Oliy sudning tashkil etilishi va uning faoliyat ko’rsatishi masalalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (110-modda), ―Sudlar to’g’risida‖gi qonuni (yangi tahriri, 2000-yil 14- dekabr), Fuqarolik protsessual va Jinoyat protsessual kodekslari normalari, shuningdek, qonunchilikning boshqa hujjatlarida belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Oliy sud ishlarni birinchi instantsiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko’radi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Oliy sud raisi, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, sudlov hay‘atlari raislari, Oliy sud sudyalaridan iborat. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga qonunchilik tashabbusi huquqi berilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Rayosati, Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay‘ati, Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay‘ati, Harbiy hay’at tarkibida ish olib boradi. Oliy sud Plenumi eng yuqori sudlov instantsiyasi bo’lib, 4 oyda bir marta chaqiriladi hamda Oliy sud sudyalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi. Oliy sud raisi, rais o’rinbosarlari, sudyalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 5- yil muddatga saylanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborotnomasi, ―Kuch – adolatda gazazetasining muassisi hisoblanadi.