Borgoh

Borgoh-podshoh yoki xonning qabulxonasi bo’lib, u yerga maxsus ijozat bilan kirilgan. Borgohga maxsus imtiyozli bo’lgan kishilar, ya’ni tarxon va otaliqqa o’xshagan kishilardan boshqa barcha mansabdorlar faqat podshoh yoki xonning eshikog’aboshi orqali bergan ruxsati bilangina kira olgan. Harbiy yurishlar vaqtida xon yoki podshoh chodirining sarparda bilan o’rab ajratilgan qismi borgoh vazifasini bajargan.