KECHIRIM

KECHIRIM — ayrim mamlakatlarda afv etishning xususiy shakli (xususiy afv); davlat boshligi tomonidan jinoiy jazoning bekor qilinishi yoki yumshatilishi. Kechirim yakka tartibda muayyan shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Jinoyat uchun mahkum etilgan shaxs Kechirim aktiga (qonuniy hujjatiga) binoan jazoni bundan keyin o’tashdan ozod qilinishi mumkin. Kechirimda belgilangan jazo kamaytirilishi yoxud jazoning yumshoqroq turi bilan almashtirilishi ham nazarda tutiladi. Kechirim akti bilan jazoni o’tagan shaxsdan sudlanganlik bekor etilishi mumkin.