KLERIKALIZM
KLERIKALIZM (lot. clericalis – cherkovga oid) — jamiyatning siyosiy va ma’naviy hayotida cherkov va dinning yetakchilik rolini ta‘minlashga intilish. Klerikalizm tarafdorlari o’z ta’sirini ommaga yoyish, ularni diniy dunyoqarashga ergashtirishga, turli milliy va xalqaro uyushmalar tuzishga harakat qiladilar. Klerikallar ayrim mamlakatlar (masalan, GFR, Italiya)da yirik siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va boshqalar jamoat tashkilotlari, o’quv, davolash, xayriya muassasalari tashkil etgan, o’z ommaviy axborot vositalariga ega.