KONSUL

KONSUL (lot. consul – maslahatchi) — bir davlatning boshqa davlat hududida o’z mamlakati, uning yuridik shaxslari va fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, ikki davlat orasida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga yordam berish uchun tayinlanadigan mansabdor shaxs. Konsulning tayinlanishida uni qabul qiluvchi davlatning aniq roziligi talab etiladi. Konsul qabul qiluvchi davlatning qonunlari, odat va an‘analarini buzmasligi lozim. Konsulning faoliyati uni yuboruvchi davlat elchixonasi tomonidan nazorat etiladi. Konsullik toifalari Konsullarning o’z xizmat darajadari bilan bog’liq unvonlari bo’lib, ularning 4 xili mavjud: Bosh Konsul., Konsul, Vitse-Konsul va Konsullik agentlari. Konsullik toifalarini berish, yuboruvchi davlatning ichki ishi hisoblanadi va shu davlatning qonunlari bilan tartibga solinadi.