LEND-LIZ

LEND-LIZ (ing. lend – qarz berish, lease – ijaraga topshirish) — qurol-yarog’, o’qdori, strategik xom ashyo va oziq-ovqatni berish (qarzga yoki ijaraga) tartibi; Lend-liz asosida AQSH ikki jahon urushi davrida gitlerchilarga karshi koalitsiya bo’yicha ittifoqchilarga yuqoridagilarni yetkazib berib turgan. Lend-liz to’g’risidagi qonun 1941-yil 11-martda AQSH kongressida qabul qilingan. Lend-liz bo‗yicha AQSHning xarajatlari ana shu kundan 1945-yil 1-avgustgacha 46 mlrd. dollarga yetgan. O’z navbatida, AQSH ham urush-yillari Lend-liz bo’yicha bergan mahsulotlari hisobiga ittifoq davlatlardan 7,3 mlrd. dollarlik turli mahsulotlar olgan. Lend-liz bo’yicha mol yetkazib berish urush-yillarida AQSHda ishlab chiqarishni sezilarli darajada kengaytirishga olib keldi.