O’TISH DAVRI

O’TISH DAVRI — ijtimoiy zamonning bir qismi, ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. Uning asosiy mazmuni-modernizatsiya, ya‘ni jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy sohalarida yangilanish yasashdir. O’tish davrining tezligi – o’z-o’zidan cheklanadigan omildir. O’tishning asossiz ravishda tezlashtirilishi ko’p o’tmay jiddiy yo’qotishlarga olib keladi va bu jarayon o’z-o’zidan sekinlasha boshlaydi. O’tish davrining garovi bo’lib iqtisodiy islohotlarning birinchi o’rinda turishi, siyosiy islohotlar muvaffaqiyatga erishishi uchun iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatga erishishi shartligi, ular asta-sekin va davomli tarzda amalga oshirilishi, islohotlarning asosiy boshqaruvchisi bo’lgan kuchli ijroiya hokimiyati hisoblanadi.