MENEJMENT

MENEJMENT (ing. management – boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; samarali ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, boshqarish to’g’risidagi fan. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini urganishdan iborat. Boshqaruv tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir.