MAQOM

MAQOM (siyosiy maqom) — insonning jamiyat siyosiy tizimidagi o’rni, uning ajralmas siyosiy huquqlar va erkinliklari birligi; Saylab qo’yiladigan shaxslar, fuqarolar, davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro tashkilotlarning normativ akt bilan rasmiylashtirilgan huquqiy holati, ular huquq va majburiyatlarining yig’indisi. Maxsus hollarda geografik joylar (shaharlar)ni boshqa joylardan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy jihatdan ajratib olishda qo’llaniladi.